locale OZ

“Tottenhem” 445 daqiqadan so‘ng APLdagi ilk golini urdi

Londonliklar “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Tottenhem” 445 daqiqadan so‘ng APLdagi ilk golini urdi
Foto: Getty Images

“Tottenhem” 2026/27-yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumidagi ilk golini 5-turga kelib urdi. Londonliklar “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoaning mavsumdagi ilk golini 86-daqiqada Konor Gallaxer kiritdi.

Manbaga ko‘ra, “Tottenhem” chempionat startidan buyon 445 daqiqa davomida raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan. Roberto De Zerbi jamoasining uzoq davom etgan golsiz seriyasiga aynan Gallaxer nuqta qo‘ydi.

“Aston Villa” safida Yoxan Manzambi, Nikolas Jekson va Emi Buendiya gol urib, mehmonlarni 3:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida Gallaxer va Yan-Pol van Xekke ikkita gol bilan farqni qisqartirdi, biroq “Tottenhem” kambekni yakunlay olmadi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” besh turdan so‘ng 2 ochko bilan Premyer-liganing quyi qismida qolmoqda. “Aston Villa” esa mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting