«Tottenhem» 2026 yildagi gʻalabasiz seriyasi 9 ta oʻyinga yetdi
Angliya Premyer-ligasining 27-turi doirasida o‘tgan Shimoliy London derbisida «Tottenhem» o‘z maydonida «Arsenal»ga yirik — 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, «shporlar»ning 2026 yildagi g‘alabasiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi.
Yangi kalendar yili boshlangandan buyon «Tottenhem» biror marta ham uch ochko qo‘lga kirita olgani yo‘q. Avvalroq jamoa «Brentford» (0:0), «Sanderlend» (1:1), «Byornli» (2:2) va «Manchester Siti» (2:2) bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, «Bornmut» (2:3), «Vest Hem» (1:2), «Manchester Yunayted» (0:2) va «Nyukasl» (1:2) klublariga mag‘lub bo‘lgan edi.
Ushbu omadsiz natijalardan so‘ng «Tottenhem» 29 ochko bilan turnir jadvalining 16-pog‘onasiga tushib ketdi. Jamoaning xavfli hudud bilan oraliq masofasi qisqarib bormoqda.
Maʼlumot uchun, «shporlar» oʻzining navbatdagi oʻyinini 1 mart kuni safarda «Fulhem»ga qarshi oʻtkazadi.