locale OZ

“Tottenhem” 19 yoshli braziliyalik himoyachi uchun yangi taklif tayyorlamoqda

London klubi yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchi uchun 21 million yevro taklif qilgan, biroq bu taklif rad etilgan.
“Tottenhem” 19 yoshli braziliyalik himoyachi uchun yangi taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

“Tottenhem” “Atletiko Paranaense”ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Artur Diasni transfer qilishga qiziqishni davom ettirmoqda. London klubi yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchi uchun 21 million yevro taklif qilgan, biroq bu taklif rad etilgan.

Manbaga ko‘ra, “Tottenhem” taklifi futbolchining iqtisodiy huquqlarining 80 foizi uchun mo‘ljallangan edi. “Atletiko Paranaense” esa Diasni kamida 30 million yevro evaziga sotishga tayyor va ingliz klubi kelgusi transfer oynalaridan birida muzokaralarni qayta boshlashi kutilmoqda.

Artur Dias joriy mavsumda “Atletiko Paranaense”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Yosh himoyachining o‘yini Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ham e’tiborini tortdi va u sentabrdagi yig‘inga ilk bor milliy jamoaga chaqirildi.

Ma’lumot uchun, Dias dastlab hujumchi sifatida faoliyat boshlagan, keyinchalik markaziy himoyachi pozitsiyasiga o‘tkazilgan. U 2025-yilda Braziliya U-20 terma jamoasi bilan Janubiy Amerika chempionligini qo‘lga kiritgan. Uning “Atletiko Paranaense” bilan shartnomasi 2028-yil oxirigacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting