Toshkentda yoshlar derbisi: Qozog‘iston U-21 terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi ikki o‘yin o‘tkazadi
Qozog‘iston U-21 terma jamoasi oktabr oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki tajriba o‘yini o‘tkazadi. KFF TEAM ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat futbol federatsiyalari 12 va 14 oktabr kunlari Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi futbol to‘qnashuvlari turli yosh toifalarida ham doimo qiziqish uyg‘otadi. Bu galgi bahslar ham muxlislar uchun kutilgan derbilardan biri bo‘ladi.
Qozog‘iston yoshlar jamoasi avvalroq, 9 oktabr kuni Euro-2027 saralash doirasida Andorragaga qarshi safarda maydonga tushadi. Shundan so‘ng, uch kun ichida ularni Toshkentda kuchli raqibga qarshi ikki bellashuv kutmoqda.
O‘zbekistonga qarshi uchrashuvlar Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi uchun jamoaviy tayyorgarlikni baholash va navbatdagi rasmiy o‘yinlarga puxta hozirlik ko‘rish imkoniyati bo‘ladi.