Toshkentda terma jamoa o‘yinlari ko‘chada namoyish etiladi: muxlislar uchun futbol festivali o‘tkaziladi
5-10 iyun kunlari Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon mamlakatning asosiy fan-zonasiga aylanadi. Bu yerda katta ko‘chma ekranlar o‘rnatilib, terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi asosiy o‘yinlari namoyish etiladi.
Asosiy namoyishlar:
5 iyun — BAA – O‘zbekiston o‘yini (to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya Abu-Dabidan)
10 iyun — O‘zbekiston – Qatar o‘yini (Toshkentda o‘tadigan uchrashuv)
Har ikkala o‘yin ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun keyingi bosqichga chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Futbol kechalari turli konsertlar, ilhomlantiruvchi chiqishlar, tematik faoliyatlar va interaktivlar bilan boyitiladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad — muxlislarni birlashtirish va yoshlarni mamlakatning sport hamda ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga ilhomlantirishdir.