Toshkentda O‘FA hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi
Toshkent shahrida joylashgan 300-sonli maktabda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
photo: UFA
Bugun Toshkent shahrida joylashgan 300-sonli maktabda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda O‘FA rahbariyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ishtirok etib, bolalar futbolini rivojlantirish, yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va ta’lim muassasalarida futbol infratuzilmasini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, memorandum doirasida maktablarda futbol to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda ularni professional darajaga olib chiqish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor