locale OZ

Toshkentda futbol tibbiyoti bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Toshkentda futbol tibbiyoti bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

Toshkent shahrida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida futbol tibbiyoti sohasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida futbolchilarning tiklanish jarayonlari, jarohatlarning oldini olish usullari, ratsional ovqatlanish, mashg‘ulot yuklamalarini boshqarish, jismoniy va funksional holatni testdan o‘tkazish, turli ob-havo sharoitlarida mashg‘ulot olib borish, shuningdek individual reabilitatsiya va monitoring masalalari keng muhokama qilindi.

Seminarda klublar shifokorlari va sport direktorlari ishtirok etib, xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish, dolzarb savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir sport tibbiyotining zamonaviy yondashuvlarini ommalashtirish, futbolchilarning sog‘ligini saqlash hamda ularning sportda yuqori natijalarga erishishlariga ko‘maklashish maqsadida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting