locale OZ

Toshkentda futbol akademiyalari rahbarlari uchun seminar tashkil etildi

Superliga klublari qoshidagi akademiyalardan 50 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda futbol akademiyalari rahbarlari uchun seminar tashkil etildi
Фото: ЎФА

Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida FIFA mutaxassisi Varlam Darsadze ishtirokida “Menejment va marketing” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda hududiy futbol akademiyalari hamda Superliga klublari qoshidagi akademiyalar direktorları va sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarining asosiy maqsadi futbol akademiyalarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning kasbiy darajasini oshirish, tajriba almashish hamda samarali aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilarga yetakchilik, menejment, bolalar himoyasi va xavfsizligi, kommunikatsiya, uzoq muddatli rejalashtirish mavzulari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi.

Mazkur seminarda hududiy futbol akademiyalari hamda Superliga klublari qoshidagi akademiyalardan 50 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting