Toshkentda FIFA va O‘FA hamkorligida mahalliy instruktorlar uchun seminar yakunlandi
FIFA hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida mahalliy instruktorlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan o‘quv seminari yakunlandi.
photo: UFA
Toshkentda FIFA va O‘FA hamkorligida mahalliy instruktorlar uchun seminar yakunlandi.
FIFA hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida mahalliy instruktorlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan o‘quv seminari yakunlandi.
Joriy yilning 21–24-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan seminarda 16 nafar mahalliy instruktor ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Seminar FIFA mutaxassisi Oskar Gonsales hamda 4 nafar mahalliy mentor ishtirokida tashkil etildi. Unda instruktorlarning nazariy bilimlari, amaliy va pedagogik ko‘nikmalari baholandi.
Seminar davomida ishtirokchilarga kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.