Toshkentda erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda
Dastlabki kun erkaklar oʻrtasida 5 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Фото: Olympic.uz
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar qatnashyapti. Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki kun erkaklar oʻrtasida 5 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda Asadbek Saidtoʻrayev (-57 kg), Sanjarbek Rustambekov (-65 kg), Begijon Qoʻldoshev (-74 kg), Bobur Islomov (-86 kg) va Otabek Nazirboyev (-97 kg) oʻz vazn toifalarida chempionlikni qoʻlga kiritishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist