locale OZ

Toshkent xalqaro aeroportida chempionlarimiz uchun avtomobillar tayyor turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent xalqaro aeroportida chempionlarimiz uchun avtomobillar tayyor turibdi
PHOTO: Telegram

Saudiya Arabistoni davlatida 17 yoshli futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada O'zbekiston U17 terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

Finalda mezbonlar Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi "jang" qilgan futbolchilarimiz ikki kishi kam bo'lib o'ynashiga qaramasdan haqiqiy qahramonlik va iroda ko'rsata olishdi. O'zbekcha futbol qanday bo'lishini ko'rsatib qo'ygan vakillarimiz raqibni 2:0 hisobida yer tishlatib, chempionlikni qo'lga kiritdi.

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqato aeroportida futbolchilarimizni kutib olish marosimi bo'lib o'tishiga yaqin turibdi. Turnir davomida ayniqsa, finalda ko'rsatgan jasoratlarini hisobga olib sovg'a sifatida futbolchilarga kobalt, murabbiyga esa Equinox rusmdagi qimmatbaho avtomobillar prezident sovg'asi sifatida tayyorlab qo'yildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting