locale OZ

Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi «Metallurg» klubi va akademiyasida mehmon bo‘lishdi

Mutaxassislar vaziyat, yaratilgan sharoitlarni yuqori baholashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi «Metallurg» klubi va akademiyasida mehmon bo‘lishdi
Фото: Металлург ПФК

Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Asqar Jadigerov boshchiligidagi delegatsiya Bekobod shahriga tashrif buyurib, "Metallurg" FK hamda akademiyasi infratuzilmasi, futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishishdi.

Dastlab klub ofisiga tashrif buyurgan mehmonlar, so‘ngra akademiyaning yotoqxonalari, oshxona, sportzal va yangi mavsumda "Metallurg" PFK uy uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan "Markaziy" stadiondagi holat bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari akademiya tarbiyalanuvchilari mashg‘ulotlarini olib boradigan "Sport City" markazi maydonlaridagi holat bilan tanishishdi.

Mutaxassislar vaziyat, yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, tegishli maslahatlarini aytib o‘tishdi.

Shu bilan birga, Asqar Jadigerov yangi mavsumda "Metallurg"ga PRO-Ligada omad yor bo‘lishini tiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting