locale OZ

Toshkent va Jizzax shaharlarida OFKning “C” litsenziyasi bo‘yicha murabbiylik o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga OFKning “C” litsenziyasini olish uchun tegishli sertifikatlar topshirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent va Jizzax shaharlarida OFKning “C” litsenziyasi bo‘yicha murabbiylik o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
photo: UFA

Toshkent va Jizzax shaharlarida OFKning “C” litsenziyasi bo‘yicha murabbiylik o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kurslarda mahalliy instruktorlar bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etdi. Xususan, Toshkent shahridagi mashg‘ulotlarga FIFA instruktori Maykl Pfumpf (Germaniya), Jizzax shahridagi kurslarga esa UEFA instruktori Zelko Chetkovich (Chernogoriya) rahbarlik qildi.

O‘quv jarayonida ishtirokchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, zamonaviy futbol metodikasi, murabbiylik faoliyatining muhim jihatlari hamda futbolchilarni tayyorlashning ilg‘or usullari bo‘yicha zarur bilim va tavsiyalar berildi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga OFKning “C” litsenziyasini olish uchun tegishli sertifikatlar topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting