locale OZ

Toshkent turistlariga 5 iyun kuni BAAga bormaslik tavsiya etildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkent shahar turizm boshqarmasi 5 iyun kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan futbol o‘yini munosabati bilan turistik kompaniyalar va tadbirkorlarga shu sanada turistlarni BAAga yubormaslik tavsiyasini berdi. Bu haqda bir qator OAV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda faollar 5 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun BAAga borishga chaqirgan videolar tarqalgan edi. Ular 5000 nafar yurtdoshni stadionga jamlashni rejalashtirgan edi. Ammo BAA terma jamoasi 12 ming o‘rinli stadionda o‘yin o‘tkazishga qaror qilgan va reglamentga ko‘ra, O‘zbekiston muxlislari uchun faqat 960 ta o‘rin ajratilgan (8%).

Shunga ko‘ra, ko‘plab o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi mumkin. Bu esa xavfsizlik masalalarida muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Shuningdek, ayrim holatlarda BAA hududiga kirishga ruxsat berilmasligi va fuqarolar aeroportdan qaytarilishi mumkin.

Shu sababli, Toshkent shahar turizm boshqarmasi 5 iyun kuni turistlarni BAAga yubormaslikni tavsiya qilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting