locale OZ

Toshkent shahridagi mavjud futbol maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda raqamlash tirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Ushbu yig‘ilishda sport maktablari rahbarlari va futbol bo‘yicha mas’ullar ishtirok etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent shahridagi mavjud futbol maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda raqamlash tirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Фото: Тошкент шаҳар спорт бошқармаси

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi "O‘zbekiston futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-262-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar sport boshqarmasida futbol sohasini raqamlashtirish va uning ommaviyligini oshirish yo‘lidagi ishlar tahlili yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda sport maktablari rahbarlari va futbol bo‘yicha mas’ullar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda sport infratuzilmasining hozirgi holati o‘rganilib, mavjud obyektlar haqidagi ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish, shuningdek, keyingi bosqichda ularni modernizatsiya qilish choralari belgilandi.

Stadionlarning texnik holati, maydon sifati va infratuzilma imkoniyatlari tahlil qilindi. Olingan natijalar kelgusida futbol sohasida raqamli boshqaruv tizimini yaratishda asosiy ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting