locale OZ

Toshkent shahrida futbol tibbiyoti boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent shahrida futbol tibbiyoti boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtadi
FOTO: UzbekistanFA

7–8-iyun kunlari poytaxtimizda futbol tibbiyoti boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtadi. Unda maʼruzachilar sifatida xorijning bir qator taniqli sport tibbiyoti mutaxassislari, jumladan Rossiya terma jamoasi va SSKA klubi bosh shifokori, UEFA tibbiy qoʻmitasi aʼzosi Eduard Bezuglov hamda SSKA jamoasi shifokori, ilmiy xodim Georgiy Malyakin ishtirok etadi.

Seminar doirasida futbolchilarning tiklanish jarayonlari, jarohatlarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish, yuklamalarni boshqarish, jismoniy va funksional imkoniyatlarni testdan o‘tkazish, turli ob-havo sharoitlarida mashg‘ulot olib borish, shuningdek jarohatlar ustida individual ishlash va monitoring kabi mavzular qamrab oladi.

Seminarda futbol tibbiyoti mutaxassislari hamda murabbiylar ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting