locale OZ

Toshkent faxriylari 50+yosh toifasida chempion bo'lishdi

Faxriylarni Birodar Abduraimov hamda Baxtiyor Shirinovlar tabriklashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent faxriylari 50+yosh toifasida chempion bo'lishdi
Photo: Toshkent Futboli

O‘zbekiston futbol afsonasi Birador Abduraimov hamda Respublika musobaqalari rahbari Baxtiyor Shirinov, Toshkent shahri jamoasini 50+ faxriylar o‘rtasidagi Respublika chempionatida 1 o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladilar va bu g’alaba Toshkent shahri futboli 100 yiligiga yana bir ajoyib sovg’a ekanini takidlab o’tdilar.

Toshkent shahri Futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Azamat Abduraimov ushbu g‘alaba jamoa uchun ketma-ket to‘rtinchi marta qo‘lga kiritilgan chempionlik ekanini alohida ta’kidladi va barcha jamoa a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
50+ yosh toifasidagi faxriylarimizning ushbu g‘alabasi — Toshkent futboli 100 yilligiga qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medalidir.Yaqin dam olish kunlarida Surxandaryoda faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati 40+ yosh toifasidagi final bosqichi start oladi, umid qilamizki, Toshkent shahri 40+ terma jamoasi ham g‘alabali an’anani davom ettirib, uzoq tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting