Torres yozgi transfer oynasida «Barselona»ni tark etishi mumkin
'Barselona' va Ispaniya terma jamoasi vingeri Ferran Torres shu yozdayoq klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi bir nechta jozibador takliflarni qabul qilgan va transfer masalasini ko'rib chiqishga tayyor. 'Barselona' esa hozircha Torres bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti va uning kelajagi bo'yicha turli variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.
Ferran Torresning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
2025/2026 yilgi mavsumda 25 yoshli qanot hujumchisi 'Barselona' safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, Torres ayni paytda Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda va musobaqada bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Ferran Torresning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.