Torres «PSJ» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi — Marca
Parij klubi ispaniyalik hujumchining transferi uchun 50 mln yevro sarflaydi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" klubi hujumchisi Ferran Torres "PSJ" safiga borib qo‘shiladi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi ispaniyalik forvardning transferi uchun 50 mln yevro sarflaydi. Futbolchi bilan 4 yillik bitim bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Tomonlar mazkur kelishuvning barcha tafsilotlarini 12 avgust kuniga qadar hal qilishni rejalashtirmoqda — aynan shu sanada mundialda ishtirok etgan ispaniyalik futbolchilar "Barselona" mashg‘ulotlariga qaytishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2022 yil yanvar oyida "Manchester Siti" safidan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgandi. Kataloniyaliklar bilan futbolchi Ispaniyada yettita sovringa ega chiqdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist