Torres Ispaniya terma jamoasidagi 23-golini urdi
U Gruziyaga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Ferran Torres JCH-2026 saralashida Gruziyaga qarshi o‘yinda (0:4) gol urganidan so‘ng, “qizil furiya”ning eng yaxshi 10 to‘purari ro‘yxatiga kirdi. Bu gol uning milliy terma jamoadagi 52-o‘yinida 23-goli bo‘ldi.
25 yoshli hujumchi Ispaniya terma jamoasi va “Real”ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos hamda Alfredo Di Stefano bilan tenglashdi.
David Vilya barcha musobaqalarda 98 ta o‘yinda 59 ta gol urgan “qizil furiya”ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist