«Torino» oʻz tarkibini «Napoli» himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi
Biroq neapolliklar hali yakuniy qarorga kelmagan.
FOTO: Getty Images
«Napoli» himoyachisi Luka Maryanuchchi qishki transferlar oynasida «Torino»ga oʻtishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi ko‘proq maydonga tushish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun ushbu transferga tayyor, biroq «Napoli» hali bu masala bo‘yicha qaror qabul qilgani yo‘q. O‘tgan yoz «Torino» ham Maryanuchchi bilan qiziqqan edi.
«Napoli» va «Torino» klublari bozor bilan bog‘liq ishlarida do‘stona munosabatlarni o‘rnatgan: Turin klubi darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich ijarada «Napoli» safida o‘ynamoqda, hujumchi Jovanni Simeone esa o‘tgan yoz shunday tartibda aksincha yo‘l tutgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist