locale OZ

Torino Ikardini A Seriyaga qaytarmoqchi

Mauro kelasi yilning yozida erkin agentga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Torino Ikardini A Seriyaga qaytarmoqchi
ФОТО: Getty images

“Galatasaray” hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Torino” klubi argentinalik 32 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

"Buqalar" vakillarining argentinalik agent bilan muzokaralari tez orada bo‘lib o‘tishi kerak. Ikardining Turkiya klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.

Transfermarkt portali Ikardining narxini 8 mln yevroga baholamoqda.

U ilgari “Inter” safida to‘p surgan va A Seriyada 219 ta o‘yinda 121 ta gol urgani bilan mashhur.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting