«Torino» Aslanini «Inter»dan ijaraga oldi
Фото: Getty Images
Yarim himoyachi Kristjan Asllani "Inter"dan "Torino"ga ijaraga asosida o'tdi. Bu haqda "buqalar"ning rasmiy sayti xabar berdi.
Klublar o'rtasidagi ijara shartnomasida sotib olish opsiyasi mavjud.
O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi Italiya A Seriyasida 22 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Italiya kubogida ham uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
Albaniyalik futbolchi Chempionlar ligasida 8 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 13 million yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist