locale OZ

Top-20: «Manchester Siti»da qaysi futbolchi qancha maosh oladi?

Husanov top-20dan o‘rin olmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Top-20: «Manchester Siti»da qaysi futbolchi qancha maosh oladi?
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” qishki transfer oynasida “Bornmut”dan Antuan Semenyo va “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexini olib keldi. Tabiiyki, bunday xaridlardan so‘ng OAVning birinchi savoli

Transfermarkt.world portali “Manchester Siti”da eng katta maosh olayotgan futbolchilarning top-20 ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingda Erling Holand yetakchi. O‘tgan yili shartnomasini 2034 yilning yarmigacha uzaytirgan norvegiyalik to‘purarning klubdan yiliga 31,5 million yevro daromad olayotgani qayd etildi.

Gexi undan keyingi pog‘onani egallagan. Uchlikni Bernardu Silva yakunladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov top-20 ro‘yxatidan o‘rin olmagan. 21 yoshli futbolchining “shaharliklar”dagi yillik maoshi taxminan 3,5 million yevro atrofida ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting