locale OZ

Toni Popovich: Biz o‘z o‘yinlarimiz orqali Avstraliya futbolini jahon xaritasiga olib chiqishimiz mumkinligini tushunib turibmiz

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Toni Popovich Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan AQSHga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toni Popovich: Biz o‘z o‘yinlarimiz orqali Avstraliya futbolini jahon xaritasiga olib chiqishimiz mumkinligini tushunib turibmiz
photo: gettyimages

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Toni Popovich Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan AQSHga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bahs 19 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) shunchaki dastlabki qadam bo‘lgan, endi esa jamoa turnir mezbonlariga qarshi o‘yinda o‘z darajasini isbotlashni maqsad qilgan.

«Biz o‘z o‘yinlarimiz orqali Avstraliya futbolini jahon xaritasiga olib chiqishimiz mumkinligini tushunib turibmiz va aynan shunga intilyapmiz. Turkiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan turnirni yaxshi boshladik, biroq endi ushbu muvaffaqiyatni mustahkamlab qo‘yish lozim. Avstraliya futboli obro‘sini so‘zlar bilan emas, maydondagi o‘yin orqali ko‘tarish kerak va bo‘lajak uchrashuv buni isbotlash uchun yana bir imkoniyatdir», — dedi Popovich o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, 1-turdan so‘ng Avstraliya va AQSH terma jamoalari hisobida 3 tadan ochko mavjud. Bugungi o‘zaro uchrashuv Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish yo‘lida guruhdagi hal qiluvchi bahsga aylanishi mumkin. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting