Toni Kroos «Real»ga qaytishi mumkin
U klub tizimida ish boshlashi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
Germaniyalik sobiq futbolchi Toni Kroos "Real"ga qaytishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, "qaymoqranglilar" germaniyalik mutaxassisga klub tuzilmasida ish taklif qilmoqchi. Kroosni jalb etishni Madrid grandi rahbari Florentino Peres istamoqda.
Eslatib o'tamiz, sobiq yarimhimoyachi 2014–2024 yillar oralig'ida "Real" safida to'p surgan. Bu vaqt davomida Toni Madrid klubi tarkibida 4 marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan va 5 marta Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan. 2024 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist