locale OZ

Toni Kroos «Real» – «Barselona» o‘yinidagi mojaro so‘ng Rudigerni qo‘llab-quvvatladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toni Kroos «Real» – «Barselona» o‘yinidagi mojaro so‘ng Rudigerni qo‘llab-quvvatladi
Toni Kroos «Real» – «Barselona» o‘yinidagi mojaro so‘ng Rudigerni qo‘llab-quvvatladi

2024 yil yozida faoliyatini yakunlagan Toni Kroos «Real» himoyachisi Antonio Rudigerning Ispaniya Kubogi finalida «Barselona»ga qarshi o‘yindagi (2:3) harakatlari haqida fikr bildirdi.

SkySport Germany nashriga bergan intervyusida Kroos shunday dedi:
«Ishonchim komilki, Rudiger jarimaga tortilsa kerak. Ammo u kimnidir o‘ldirgandek munosabatda bo‘lish shart emas. Uning qilgan ishi — xatolik. O‘zi ham buni yaxshi anglab turibdi».

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning oxirida Rudiger hakamning qarorlaridan norozi bo‘lib, uni haqorat qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya tahdid solmoqda.

Joriy mavsumda Rudiger «Real» safida 45 o‘yin o‘tkazib, 2 gol urdi. U madridliklar tarkibiga 2022 yilda qo‘shilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting