locale OZ

Toni Kroos “Arsenal”ga uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng “Real” futbolchilarini tanqid qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toni Kroos “Arsenal”ga uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng “Real” futbolchilarini tanqid qildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar Ligasi chorak finalidan o'rin olgan “Arsenal”ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) sobiq jamoadoshlarini tanqid qildi.

“Hisob 0:2 bo'lganidan keyin hammasi o'yin berilgandek tuyuldi. Mening tajribamga ko'ra, “Real” mag'lub bo'layotgandan, doim gol urishga harakat qiladi.

Men o'tkazib yuborilgan har bir goldan keyin bunday reaksiyani ko'rmadim. Gol urish juda muhim edi, lekin ular buning o'rniga “Iltimos, bizga to'rtinchi golni urmang”, deyishdan boshqasiga yaramadi.

Javob o'yinida jamoa bor kuchini berishi kerak. Muxlislarning barchasi “Bernabeu”da bo'ladi. Biz to'xtamasdan hujum qilishimiz kerak”, - deydi Kroos.

Eslatib o'tamiz, “Real Madrid” va “Arsenal” o'rtasidagi javob o'yini 17-aprel kuni bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting