Toni Fernandes “Barselona”dan “Venetsiya”ga o‘tishga yaqin
“Barselona”ning 18 yoshli vingeri Toni Fernandes faoliyatini Italiyaning “Venetsiya” klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi bugun, 1-sentabr kuni yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Klublar doimiy transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Venetsiya” yosh futbolchi uchun 4 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari, “Barselona” Fernandesning kelajakdagi transferidan 50 foiz ulush olish huquqini saqlab qoladi. Kelishuvga futbolchini qayta sotib olish bandi ham kiritilgan.
Tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatli yakunlansa, Fernandes “Venetsiya” bilan shartnoma imzolaydi va faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi. Yosh futbolchi uchun Angliya va Germaniya klublaridan ham takliflar bo‘lgan, biroq u yakunda “Venetsiya” variantini tanlagan.
Ma’lumot uchun, Toni Fernandes “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklarning asosiy jamoasi safida 2 ta uchrashuv o‘tkazgan va gol yoki golli uzatma qayd etmagan.