locale OZ

Toney APLga qaytish uchun maoshining kamayishiga rozi

29 yoshli hujumchiga "Tottenhem" va "Everton" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toney APLga qaytish uchun maoshining kamayishiga rozi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi hujumchisi Ayven Toney yanvar oyida APLga qaytish uchun maoshining keskin kamayishiga rozi bo'ldi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, inglizning 29 yoshli forvardiga "Tottenhem" va "Everton" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi kelasi yili Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibida bo'lishni istamoqda. Shu sababli ham APLga qaytishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot o'rnida, hozir futbolchining "Al-Ahli"dagi yillik maoshi taxminan 23,5 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Toney barcha musobaqalar doirasida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta assist muallifi bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting