Tonali «Arsenal»ga o'tadimi? Romano ehtimoliy transfer haqida ma'lumot berdi
Italiyalik taniqli insayder Fabrizio Romano “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonalining kelajagi borasidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi.
Jurnalistning ta'kidlashicha, futbolchi katta ehtimol bilan yozda jamoasini o'zgartiradi.
“Arsenal” italiyalik futbolchiga qiziqmoqda. Lekin ular Tonali uchun asosiy da'vogar emas.
“Sandro Tonalining yozda klubni tark etish ehtimoli juda yuqori. “Arsenal” uchun uni qishki transfer oynasida sotib olishning imkoni yo‘q edi. Yozda vaziyat o‘zgarishi mumkin, ammo gap faqat “Arsenal” haqida ketmayapti. Ko‘p jamoalar qiziqmoqda, lekin hammasi ularning taklifiga qarab hal bo‘ladi”, – dedi Romano o‘zining YouTube kanalida.
Joriy mavsumda Sandro Tonali “Nyukasl” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.