locale OZ

Tomori APLning ikki klubi qiziqishiga qaramay, «Milan» bilan shartnomasini uzaytiradi

28 yoshli himoyachi «rossonerilar» safida qolishga qaror qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomori APLning ikki klubi qiziqishiga qaramay, «Milan» bilan shartnomasini uzaytiradi
FOTO: Getty Images

Italiyaning «Milan» klubi himoyachisi Fikayo Tomori klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

«Fikayo Tomori «Milan» bilan shartnomani uzaytirishga bir qadam qoldi. Asosiy kelishuvga erishildi. Markaziy himoyachiga Premer-liganing ikki klubi qiziqish bildirgan, ammo u «Milan»da qolishni xohladi va uzoq muddatli shartnomani imzolashga tayyor», — deb yozdi Skira.

Joriy mavsumda 28 yoshli Tomori Italiya A Seriyasida 15 o‘yinda maydonga tushdi va 2 golga uzatma berdi. Shuningdek, U Kubokda 3 o‘yinda ishtirok etib, 1 golga uzatma qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting