Tomiyasu faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
U hozirda erkin agent.
ФОТО: Getty images
Yaponiyalik himoyachi Takehiro Tomiyasu faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “Arsenal” bilan shartnomasi uzaytirilmagach, erkin agentga aylangan 28 yoshli futbolchiga La Liganing ikki klubi - “Real Oviedo” va “Real Sociedad” qiziqish bildirmoqda.
Ushbu klublar futbolchi atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma'lumot uchun, yaponiyalik futbolchi o'tgan mavsum jarohati sabab atigi bitta o'yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist