locale OZ

Tomas Tuxel Norvegiya bilan o‘yin paytidagi tanaffusda: \"Bu sizning oxirgi imkoniyatingiz!\"

Angliya bosh murabbiyi ikkinchi boʻlim oldidan shogirdlariga nimalar degani maʼlum boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Tuxel Norvegiya bilan o‘yin paytidagi tanaffusda: "Bu sizning oxirgi imkoniyatingiz!"
FOTO: Getty Images

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati chorak finali doirasidagi Norvegiya (2:1) bilan uchrashuvning birinchi "suv ichish" tanaffusi vaqtida o‘z shogirdlariga keskin murojaat qildi.

— "Yana ham qattiqroq ishlanglar. Tezlikni oshiringlar. Sizlar juda passivsiz, shunchaki bir joyda turibsizlar. Menga har biringizning energiyangiz kerak. Bu sizning oxirgi imkoniyatingiz. Agar mag‘lub bo‘lsak, turnirdan chiqib ketamiz. Olg‘a!" — deya Tuxelning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yilgi dunyo birinchiligi finalida Fransiya bilan to‘qnash kelishgan va asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlangach, penaltilar seriyasida (4:2) argentinaliklarning qo‘li baland kelgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting