locale OZ

Tomas Tuxel JCh-2026'dan soʻng APLda ish boshlashi mumkin

Mutaxassisning Angliya milliy jamoasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi Jahon chempionatidan soʻng yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Tuxel JCh-2026'dan soʻng APLda ish boshlashi mumkin
FOTO: Getty Images

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel milliy jamoadagi shartnomasi yakuniga yetgach, «Nyukasl» postini egallashi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassisning inglizlar bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilgi jahon chempionatining final bosqichidan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.

Manbaning ta’kidlashicha, «Nyukasl»ning amaldagi ustozi Eddi Xau joriy mavsum yakunlangach, katta ehtimol bilan jamoani tark etadi. Ayni damda «qarg‘alar»ning Premyer-liga turnir jadvalida 12-pog‘onadan pastga tushib ketgani muxlislarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Xauning o‘zi ham agar jamoani yangi bosqichga olib chiqa olmasligini anglasa, lavozimidan ketishga tayyorligini bildirgan.

52 yoshli Tomas Tuxel boy tajribaga ega murabbiylar sirasiga kiradi. U faoliyati davomida «PSJ» bilan ikki bor Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan, «Chelsi» bilan esa Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Shuningdek, «Borussiya Dortmund»dagi muvaffaqiyatli yurishlaridan so‘ng, 2022/2023 yilgi mavsumda «Bavariya»ni Bundesliga taxtiga olib chiqqan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting