Tomas Tuxel: «Ivan Toni — tugʻma hujumchi va yuqori saviyali penalti ijrochisi»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 30 yoshli hujumchi Ivan Tonini JCh-2026 qaydnomasiga kiritish qarori haqida gapirdi. Hozirda futbolchi Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubida toʻp surmoqda.
«Men uning murabbiyidan (Tuxelning «Shtutgart» yoshlar jamoasidagi sobiq shogirdi Mattias Yayssle nazarda tutilmoqda) ajoyib fikrlar oldim. Toni hamon daxshatli natijalar koʻrsatishda davom etmoqda. Unda gol urish uchun kerak boʻlgan barcha xislatlar bor.
Ivan raqib himoyachilarini chalgʻitib, boshqa hujumchilarimizga joy ochib bera oladi. U jarima maydonchasi ichida tugʻma instinktga ega va hujumlarni yakunlashda juda kuchli. Shuningdek, Toni standart vaziyatlarda ham foydali va u — yuqori saviyali penalti ijrochisi», — deydi Tuxel.
Maʼlumot uchun, Ivan Toni joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 42 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.