locale OZ

Tomas Tuxel: «Bu Angliya uchun so‘nggi 60 yildagi eng yaxshi natijaga erishish imkoniyati»

Angliya terma jamoasi so‘nggi bor 1966 yilda JCH sovrindorlari qatoridan joy olgan.
Tomas Tuxel: «Bu Angliya uchun so‘nggi 60 yildagi eng yaxshi natijaga erishish imkoniyati»
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati–2026 uchinchi o‘rin uchun Fransiyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu Angliya uchun so‘nggi 60 yildagi eng yaxshi natijani qayd etish imkoniyati. Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga, ehtimol yarim finalgacha eng yaxshi o‘yin namoyish etgan terma jamoaga qarshi maydonga tushamiz.

G‘oliblik ruhiyatini xohlagan payt yoqib, xohlagan payt o‘chirib bo‘lmaydi. Endi biz qanday jamoa ekanligimizni va butun turnir davomida namoyish etgan xarakterimizni yana bir bor ko‘rsatish vaqti keldi», — dedi Tuxel FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Angliya yarim finalda Argentinga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan va hal qiluvchi gollarni uchrashuv so‘nggi daqiqalarida o‘tkazib yuborgan.

Angliya terma jamoasi so‘nggi bor 1966 yilda Jahon chempionati sovrindorlari qatoridan joy olgan. O‘shanda inglizlar o‘z maydonida o‘tgan mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting