Tomas Tuxel: Biz eng iqtidorli o‘yinchilarni yig‘maymiz, biz jamoa qurmoqdamiz
Tomas Tuxel Jud Bellingemni terma jamoaga shunchaki qaytarmoqchi emas.
Germaniyalik mutaxassis «Real» yarim himoyachisi, Filip Foden va Jek Grilish faqatgina ularning kelishi jamoani yanada jipslashtirsagina Angliya terma jamoasiga qaytishlarini aniq aytdi.
«Biz turnirga autsayder sifatida boramiz, chunki ko‘p o‘n yilliklardan beri g‘alaba qozona olmayapmiz va ko‘p marotaba g‘olib bo‘lgan jamoalar bilan to‘qnash kelamiz. Shuning uchun biz u yerga bir butun jamoa bo‘lib borishimiz shart, aks holda bizda imkoniyat bo‘lmaydi.
Yaqinda «Nyu-Inglend Petriots» haqidagi hujjatli filmni ko‘rdim va u yerda shunday iboraga duch keldim: «Biz eng iqtidorli o‘yinchilarni yig‘maymiz, biz jamoa qurmoqdamiz».
Men bu fikrga to‘liq qo‘shilaman va biz ham aynan shunday qilishga harakat qilamiz. Sovrinlarni bir kishi emas, jamoa qo‘lga kiritadi. Biz eng yaxshi jamoani yaratish uchun zarur bo‘lgan jipslik va hamjihatlikni ta’minlaydigan yigitlarni tanlaymiz. Chunki biz u yerga eng yaxshi jamoa sifatida borishimiz kerak», – dedi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi.