Tomas Parti garov evaziga qo‘yib yuborildi
Photo: Getty Images
"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Tomas Parti zo‘rlash bo‘yicha ayblovda ishtirok etish uchun Vestminster sudida qatnashganidan so‘ng garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Insayder va jurnalist Fabrizio Romano xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi Qirollik prokuraturasi tomonidan 5 ta band bo‘yicha zo‘rlashda ayblanayotgandi. U 2021 va 2022 yillarda 3 nafar ayolni zo‘rlagani aytilgan.
Ganalik yarim himoyachi 2020 yilning oktyabr oyidan beri "Arsenal"da o‘ynayotgan edi va iyun oxirida jamoani tark etdi.
U o‘tgan mavsumda londonliklar safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgani va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgani aytiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist