locale OZ

Tomas Parti \"Atletiko\"ga kerak emas

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Parti "Atletiko"ga kerak emas
Photo: Getty Images

“Arsenal”ni tez orada tark etadigan Tomas Parti “Atletiko”ga o‘tmaydi, bu haqda Marca xabar berdi.

Qayd etilishicha, ganalik xavbek “matraschilar” ustozi Diego Simeonening ro‘yxatidan o‘rin olmagan. Klub qiziqish haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonega boshqa profildagi futbolchi kerak. Hozirda "matraschilar" short-listida Aleks Baena ("Vilyarreal"), Endryu Robertson ("Liverpul") va Jonni Kardoso ("Betis") bor.

Ispaniya La Ligasining o‘tgan mavsumini "Atletiko" uchinchi o‘rinda yakunladi. Simeone jamoasi 38 turda 76 ochko to‘pladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting