locale OZ

Tomas Myuller nega “Bavariya”ga sodiq qolganini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Myuller nega “Bavariya”ga sodiq qolganini aytdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller nega uzoq yillar davomida jamoasiga sodiq qolgani haqidagi savolga javob berdi.

“Bavariya” ajoyib klub va men hech qachon ketishni xohlamaganman. Albatta, ishlar unchalik yaxshi bo'lmagan paytlar ham bo'lgan. Misol uchun, sobiq murabbiyim Lui van Gal meni Angliyaga olib kelmoqchi edi, lekin men o'shanda ketmadim.

Mana, oradan shuncha yil o'tib, men hamon shu yerdaman va o'zimni ajoyib his qilyapman”, - deydi Myuller.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 35 yoshli germaniyalik futbolchi mavsum yakunlangach, myunxenliklar safini tark etishini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Myuller faoliyatining 25 yilini aynan “Bavariya”da o'tkazdi. Bu davr ichida u 12 marta Germaniya chempionligi va 2 marta Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting