locale OZ

Tomas Myuller Messi va Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi

37 yoshli futbolchi hozirda Messini futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi deb hisoblashini aytdi.
Tomas Myuller Messi va Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi
Foto: Getty Images

Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Tomas Myuller Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi bahsda o‘z tanlovini ma’lum qildi. The Touchline tarqatgan intervyuda 37 yoshli futbolchi hozirda Messini futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi deb hisoblashini aytdi.

Myullerning ta’kidlashicha, faoliyatining dastlabki o‘n yilida u bu bahsda doimo Ronalduni tanlagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan uning qarashi o‘zgargan va umumiy faoliyat hamda o‘yin uslubini hisobga olib, endi Messini ustun ko‘rmoqda. Avvalgi intervyularidan birida ham nemis futbolchisi Messining o‘yinini nafisroq deb atab, Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritishi uning fikriga ta’sir qilganini aytgan.

Myuller faoliyati davomida Messi va Ronalduga qarshi ko‘plab muhim uchrashuvlarda maydonga tushgan. Ayniqsa, uning “Bavariya” safida Messining “Barselona”siga qarshi Chempionlar ligasidagi duellari hamda 2014-yilgi jahon chempionati finalida Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba futbolchining faoliyatidagi eng yirik voqealar qatoriga kiradi.

Ma’lumot uchun, Tomas Myuller hozirda MLS vakili “Vankuver Uaytkaps” safida to‘p tepmoqda. Klub yaqinda germaniyalik futbolchining shartnomasini 2027-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi. Myuller “Vankuver”ga qo‘shilganidan beri 45 uchrashuvda 19 ta gol urib, 12 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting