locale OZ

Tomas Myuller “Fiorentina” taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Myuller “Fiorentina” taklifini rad etdi
Tomas Myuller “Fiorentina” taklifini rad etdi

Germaniyalik hujumchi Tomas Myuller mavsum yakunida “Bavariya” klubini tark etgandan so‘ng Italiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Bu haqda insayder Kristian Falk ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Uning ma'lumotiga ko‘ra, “Fiorentina” tajribali forvardga qiziqish bildirgan va rasmiy taklif yo‘llagan. Ammo Myuller italyanlar taklifini rad etgan.

35 yoshli futbolchi 2009 yilning iyul oyidan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. U yozda erkin agentga aylanadi. Joriy mavsumda Bundesligada 26 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 5 assist muallifi bo‘ldi. Myuller shuningdek, ikki karra Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting