locale OZ

Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettiradi
Photo: Getty Images

Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myullerga asosiy da’vogar "Bavariya"ning hamkori hisoblangan "Los Anjeles" jamoasidir. Myullerni yangi jamoasi yaqin 7-10 kun ichida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Myuller o‘tgan mavsum yakunida "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etdi. Nemis futbolchisi 2000 yildan beri klub tizimida bo‘lib, 2007 yilda asosiy jamoada debyut qilgan edi.

Myunxenliklar safida yarim himoyachi 13 marta Bundesligada g‘olib, 6 marta Germaniya kubogi sohibi, 8 marta mamlakat Superkubogi g‘olibi bo‘ldi hamda 2 martadan Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting