locale OZ

Tomas Myuller A Seriya jamoasi safiga qo'shilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Myuller A Seriya jamoasi safiga qo'shilishi mumkin
Photo: Getty Images

“Bavariya” afsonasi Tomas Myuller mavsum yakunlanganidan so'ng qaysi jamoada o'ynashi hamon mavhumligicha qolmoqda.

Bild xabar berishicha, 35 yoshli futbolchiga “Fiorentina” jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Italiyaliklar Myullerga o'zi istagan maoshni ham berishga tayyor. Yakuniy qaror futbolchining o'zida qolganligi aytilmoqda.

Shuningdek, Myuller xizmatiga “San-Diego”, “Tsintsinnati”, “Chikago Fayr” va “LA Gelaksi” jamoalari ham qiziqish bildirgan. Futbolchining o'zi esa faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Myuller joriy mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgani va 6 ta golga hammualliflik qilgani aytilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting