Tomas Menye “Sanderlend”ga o‘tishga yaqin - Ornshteyn
Belgiya terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Foto: Getty Images
Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Menye faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Nufuzli insayder Devid Ornshteyn xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi “Sanderlend” bilan kelishuvga erishgan va yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Menye yozda “Lill” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangandi. Himoyachiga Premyer-liganing boshqa klublaridan ham takliflar bo‘lgan, biroq u tanlovni aynan “Sanderlend” foydasiga amalga oshirgan.
Faoliyati davomida Tomas Menye “Bryugge”, PSJ, “Borussiya Dortmund”, “Trabzonspor” va “Lill” safida to‘p surgan. Shuningdek, u Belgiya terma jamoasi tarkibida 80 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan tajribali futbolchi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist