locale OZ

Tomas Frank “Tottenhem” bosh murabbiyiga aylanadi - Fabritsio Romano

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Frank “Tottenhem” bosh murabbiyiga aylanadi - Fabritsio Romano
FOTO: Getty Images

Hozirda “Brentford”ni boshqarayotgan Deyn Tomas Frank Londonning “Tottenhem” klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Brentford” Frankni 12 million yevro evaziga “shporlar”ga o'tkazishga rozi bo'lgan. Avvalroq klub va murabbiy transfer borasida to'liq kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, “Tottenhem” 6-iyun kuni Anje Postekogluni iste'foga chiqardi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsum Yevropa Ligasi chempioniga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting