locale OZ

Tomas Frank “Strasburg” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

52 yoshli mutaxassis avvalroq Angliyaning “Tottenhem” klubini boshqargan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Tomas Frank “Strasburg” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiyaning “Strasburg” klubi bosh murabbiylik lavozimi uchun daniyalik mutaxassis Tomas Frank nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati jamoani tark etgan Gari O'Nil o‘rniga yangi murabbiy izlamoqda va asosiy nomzodlardan biri aynan Tomas Frank hisoblanadi.

52 yoshli mutaxassis avvalroq Angliyaning “Tottenhem” klubini boshqargan. Biroq jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab u 2026-yil fevral oyida iste’foga chiqarilgan. Hozirda Frank erkin agent maqomida bo‘lib, “Strasburg” uni yangi loyiha uchun munosib nomzod sifatida baholamoqda.

Qayd etilishicha, “Strasburg” mavsumoldi yig‘inlarini yaqin kunlarda boshlaydi. Shu bois klub rahbariyati bosh murabbiy masalasini imkon qadar tezroq hal etishni rejalashtirmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting