locale OZ

Tomas Frank «Fulhem»ga qarshi oʻyinda Vikarioga xushtakbozlik qilgan muxlislarni tanqid qildi

Uchrashuvda «Tottenhem» 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Frank «Fulhem»ga qarshi oʻyinda Vikarioga xushtakbozlik qilgan muxlislarni tanqid qildi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
29.11.2025, Yak.
Tottenhem
1
Fulhem
2

«Tottenhem» bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa muxlislarini keskin tanqid qildi. 13-tur doirasida «Fulxem»ga qarshi o‘yinda (1:2) ikkinchi gol o‘tkazib yuborilganidan so‘ng, «shporlar» darvozaboni Gulelmo Vikario muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchradi.

O‘sha epizodda darvozabon darvozadan uzoqroqqa chiqib, to‘pni noaniq qaytargan va u raqib futbolchisi oyog‘iga borib tushgan edi — natijada «Tottenhem» yana bir bor gol o‘tkazdi.

«Menga yoqmadi, muxlislarimiz uning har bir to‘p teginishida darhol hushtak chalishni boshlashdi. Ular bunday qilsa, «Tottenhem»ning haqiqiy muxlislari bo‘la olmaydi. Chunki maydonda hamma bir-biriga yordam berishi kerak.

Biz imkon qadar yaxshi o‘ynash uchun bor kuchimizni sarflayapmiz. O‘yindan keyin — marhamat, tanqid qiling, bu muammo emas. Lekin o‘yin vaqtida emas. Menimcha, bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat», — deydi Frank.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting