Tomas Frank Angliya Premyer-ligasining uchta klubidan birini boshqarishi mumkin — TEAMtalk
«Tottenhem»ning sobiq ustozi Tomas Frank yaqin orada Angliya chempionatida yangi ish joyiga ega bo‘lishi mumkin. Daniyalik mutaxassis xizmatlariga «Kristal Pelas», «Bornmut» va «Fulhem» klublari faol qiziqish bildirmoqda.
Mazkur uchala klub vakillari ham 51 yoshli murabbyni kelayotgan yozda bosh murabbiy lavozimi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rayotganliklarini tasdiqlashdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
«Kristal Pelas» rahbariyati Oliver Glasnerning joriy mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi haqidagi ma’lumotga ega. «Bornmut» va «Fulhem»da esa Andoni Iraola hamda Marku Silvaning amaldagi shartnomalari yakuniga yetayotgani sababli kadrlar o‘zgarishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Klublar «shporlar»ning sobiq murabbiyi bilan hamkorlik istiqbollarini baholashmoqda, uning ish uslubi potensial ish beruvchilarda iliq taassurot qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni «Tottenhem» Tomas Frank bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e’lon qilgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa milliy chempionatda g‘alabasiz sakkizta o‘yindan iborat seriyani qayd etdi.
Hozirda London klubi 2025/2026 yilgi mavsum APL turnir jadvalida 26 turdan so‘ng 29 ochko bilan 16-pog‘onani egallab turibdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa umumiy bosqichda 8 o‘yinda 17 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 1/8 finalga yo‘llanma oldi.